Sharof Rashidov tavalludining 109 - yilligi munosabati bilan Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazida “Sharof Rashidov — millat faxri, xalq ardog'i!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚📚Joriy yilning 4-noyabr kuni atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 109 - yilligi munosabati bilan Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazida “Sharof Rashidov — millat faxri, xalq ardog'i!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan Sharof Rashidovning hayoti va ijodi, sermazmun faoliyati, adabiy merosi hamda uning xalqimiz tarixida tutgan o‘rnini yorituvchi kitoblar va ma’lumotlar o‘rin oldi.
Ko‘rgazmadan maqsad — yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etishdan iborat. 